
Ushbu tezisda tijorat banklarida raqamli marketing texnologiyalaridan foydalanish samaradorligi masalalari tahlil qilingan. Tadqiqotda raqamli iqtisodiyot rivojlanishi sharoitida bank marketingida zamonaviy texnologiyalarning o'rni va ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, digital marketing tushunchasi, mobil banking tizimlari, sun'iy intellekt va katta ma'lumotlar (Big Data) texnologiyalari hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali marketing yuritish usullari nazariy jihatdan ko'rib chiqilgan.
