
Ushbu maqolada jamoalarda psixologik xizmatning tashkil etilishi, uning tarkibiy tuzilmasi, vazifalari va o'ziga xos xususiyatlari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Mehnat, ta'lim va ijtimoiy jamoalarda amaliy psixologning roli, faoliyat yo'nalishlari hamda ish samaradorligiga ta'sir etuvchi omillar ko'rib chiqilgan. O'zbekiston sharoitida psixologik xizmatni rivojlantirishning huquqiy asoslari va amaldagi muammolar muhokama qilingan. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, jamoalarda psixologik xizmat samarali ishlashi uchun tizimli yondashuv, moddiy-texnik baza va mutaxassislar malakasini oshirish hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
