
Mazkur maqolada o‘quvchilarda liderlik sifatlarini rivojlantirishning psixologik mexanizmlari tahlil qilingan. Liderlik qobiliyatining shakllanishida shaxsiy xususiyatlar, motivatsiya, muloqot ko‘nikmalari hamda ijtimoiy muhitning ta’siri yoritilgan. Shuningdek, maktab jamoasida o‘quvchilarning tashabbuskorligi, mas’uliyat hissi va qaror qabul qilish jarayonlarining psixologik asoslari ko‘rib chiqilgan. Maqolada liderlik sifatlarini rivojlantirishda pedagogik yondashuvlar, psixologik qo‘llab-quvvatlash va interaktiv metodlarning ahamiyati ochib berilgan.
