
Ushbu tezisda oliy ta'lim tizimida uzluksiz ekologik ta'limni modernizatsiya qilish va talabalarda ekologik kompetentlik hamda ekologik madaniyatni shakllantirish masalalari yoritilgan. Zamonaviy ekologik inqiroz sharoitida bo'lajak o'qituvchilarning roli, ularning kasbiy-pedagogik hamda ekologik-kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish zaruriyati asoslab berilgan. Shuningdek, uzluksiz ekologik ta'limni tashkil etishning mavjud ilmiy yondashuvlari (tabiiy-ilmiy, naturalistik, global-biosfera, muammoli, qadriyatli, madaniy-sivilizatsiyaviy) va ularning mazmun-mohiyati tahlil qilingan.
