
Mazkur maqolada Jizzax viloyatida innovatsion rivojlanishda investitsiyalarning o‘rni statistik ma’lumotlar asosida tahlil qilingan. Tadqiqotda qishloq xo‘jaligi, sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalarida amalga oshirilgan innovatsion loyihalar hamda ularga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi o‘rganilgan. Shuningdek, investitsiyalar hisobiga hududda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish jarayonlari yoritilgan. Tahlillar natijasida investitsiyalar innovatsion rivojlanishning asosiy moliyaviy manbasi ekanligi hamda hudud iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qilishi asoslab berilgan.
