
Mazkur maqolada O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida davlat auditi sohasida istiqbolli kadrlar tayyorlashning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida fikr yuritilgan bo‘lib, unda davlat auditi sohasida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashning dolzarbligi va zarurati, mazkur soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar me’yorlari hamda ushbu sohada tadqiqotlar olib borgan iqtisodchi olimlar fikrlarining tahlili, davlat auditi oliy maktabini tashkil etish bo‘yicha birinchi navbatda bajariladigan ustuvor vazifalar, “Davlat auditi” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kurslar kesimida o‘qitiladigan fanlar ro‘yxati, “Davlat auditi” ta’lim yo‘nalishining o‘quv-uslubiy ta’minotini shakllantirish yo‘nalishlari, “Davlat auditi” oliy maktabi pedagog xodimlari va kadrlarining salohiyatini oshirish yo‘nalishlari hamda tadqiqot natijalari yuzasidan erishilgan xulosalar bayon etilgan
