
Maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi qarindoshlik atamalarining qiyosiy-tipologik hamda funksional-semantik xususiyatlari tahlil qilinadi. Qarindoshlik terminlarining semantik tuzilishi, tillararo muvofiqlik va tafovutlari hamda ularning milliy-madaniy xususiyatlarni ifodalashdagi o‘rni yoritiladi. Tadqiqot natijalari qarindoshlik atamalarining nafaqat lisoniy, balki madaniy va ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.
