
Ushbu maqolada shaxsning huquqiy madaniyati tushunchasi, uning mazmun-mohiyati, tarkibiy qismlari va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni yoritiladi. Shaxsning huquqiy bilimlarga ega bo‘lishi, qonunlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi hamda o‘z huquq va majburiyatlarini anglab yetishi huquqiy madaniyatning muhim ko‘rsatkichlari sifatida tahlil qilinadi. Shuningdek, huquqiy madaniyatni shakllantirish omillari va uning fuqarolik jamiyati rivojlanishiga ta’siri ko‘rib chiqiladi.
