
Maqolada sun’iy intellekt va Deepfake yordamida sodir etiladigan kiberfirgarlikni jinoiy-huquqiy baholash muammolari yoritilgan. Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 168-moddasi generativ texnologiyalar xavfini toʻliq qamrab olmasligi xalqaro tajriba asosida tahlil qilingan. Tadqiqot yakunida Jinoyat kodeksiga yangi ogʻirlashtiruvchi belgi kiritish, majburiy markirovka uchun ma’muriy jazo belgilash va raqamli dalillarni ekspertiza qilish algoritmi boʻyicha aniq qonunchilik takliflari ilgari surilgan.
