
Mazkur maqolada Andijon viloyatida o‘zbek tilidagi matbuotning shakllanish va rivojlanish bosqichlari yoritiladi. XX asr boshlarida mavjud bo‘lgan murakkab ijtimoiysiyosiy sharoitlarda “Izvestiya”, “RosTa”, “Qizil qo‘shchi va dehqon”, “Darxon”, “Paxta fronti”, “Kommunist” va nihoyat “Andijonnoma” gazetalarining tashkil topishi, faoliyati hamda tarixiy ahamiyati arxiv hujjatlari asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, viloyatda matbuot rivojiga hissa qo‘shgan jurnalist va ijodkorlarning faoliyati alohida ta’kidlanadi.
