
Ushbu tadqiqotda Pearson, Spearman va Kendall korrelyatsiya koeffitsiyentlarining qayta tiklanuvchi energiya tizimlaridagi samaradorligi taqqoslandi. Tadqiqot shamol va quyosh energetikasi tizimlarining nolinear ishlash xususiyatlarini statistik jihatdan baholashga qaratildi. Natijalar Spearman va Kendall usullari nolinear hamda shovqinli ma’lumotlar uchun yuqori barqarorlikka ega ekanligini ko‘rsatdi.
