
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federativ Respublikasi jinoyat-protsessual qonunchiligida mol-mulkni xatlash institutining huquqiy asoslari, qo‘llanish tartibi hamda protsessual ahamiyati qiyosiy-huquqiy jihatdan tahlil qilingan. Maqolada mol-mulkni xatlashning maqsadi, tergov organlari va sud vakolatlari, kechiktirib bo‘lmaydigan holatlarda ushbu protsessni amalga oshirish tartibi hamda dalillarni saqlashdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston va Rossiya qonunchiligi o‘rtasidagi o‘xshash va farqli jihatlar tahlil qilinib, ushbu institutning jinoyat protsessidagi o‘rni ochib berilgan.
