
Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksidagi[1] ushlab turish muddatlari masalasi qiyosiy huquqshunoslik metodologiyasi asosida o’rganiladi. Xususan, O’zbekistonning 48 soatlik ushlab turish muddati Ispaniyaning 72 soatlik modeli bilan taqqoslanib, amaldagi qonunchilikdagi kamchiliklari ochib beriladi. Tadqiqotda inson huquqlari va samarali jinoyat-protsessual faoliyatni muvozanatlash nuqtai nazaridan 226-moddaga[2] o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish zarurati asoslanadi hamda aniq normativ taklif ishlab chiqiladi. [1] https://lex.uz/docs/111460#254639 [2] https://lex.uz/docs/111460#254639
