
Ushbu maqolada texnika fanining zamonaviy jamiyatdagi o‘rni, uning ijtimoiy-iqtisodiy hayotga ta’siri hamda ta’lim tizimidagi ahamiyati yoritilgan. Maqolada texnik tafakkur, innovatsion fikrlash va texnologik madaniyatni shakllantirishning dolzarb masalalari tahlil qilinadi. Shuningdek, texnika fanini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar va ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanishning samaradorligi haqida fikr yuritilgan.
