
Ushbu maqolada akademik Qori Niyoziy ma’naviy merosining ahamiyati, yoshlar tarbiyasidagi oʻrni haqida fikrlar keltirilgan. Qori Niyoziy ilmiy ishlari va darsliklari orqali oʻquvchilarga nafaqat bilim berish, balki ularning tafakkuri, dunyoqarashi va axloqiy qadriyatlarini shakllantirishga qaratilgan metodlarni ishlab chiqqan olim sifatida shuhrat qozondi.
