
Ushbu maqolada ta’lim tashkilotlarida alohida yordamga muhtoj bolalarning ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlash texnologiyalarining mazmuni, ahamiyati va amaliy jihatlari yoritiladi. Maqolada inkluziv ta’lim sharoitida qo‘llaniladigan zamonaviy pedagogik yondashuvlar, individual ta’lim dasturlari, differensial ta’lim metodlari hamda axborotkommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, psixologikpedagogik qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, o‘qituvchi, mutaxassis va ota-onalar hamkorligining ahamiyati ochib beriladi.
