
Mazkur maqolada raqamli ta’lim platformalarining oliy ta’lim tizimidagi o‘rni, ularning o‘quv jarayonini boshqarishdagi ahamiyati hamda ta’lim sifatini oshirishdagi imkoniyatlari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot davomida Moodle, HEMIS, Google Classroom, Canvas kabi platformalarning funksional imkoniyatlari, akademik boshqaruvdagi samaradorligi va raqamli transformatsiya jarayonidagi roli yoritilgan. Shuningdek, sun’iy intellekt, elektron monitoring va LMS tizimlarining ta’lim boshqaruvidagi afzalliklari hamda mavjud muammolar ko‘rib chiqilgan.
