
Zamonaviy globallashuv jarayonlari va migratsiya oqimlari natijasida an’anaviy madaniyat tushunchasining funksional ahamiyatini torayib bormoqda. Bugungi kunda inson o‘zligini faqat bitta milliy yoki hududiy chegara doirasida anglay olmaydi. Shu nuqtayi nazardan, transmadaniylik (transculturalism) konsepsiyasi madaniyatlarning bir-biri bilan o‘zaro aralashuvi, gibridlashuvi va yangi "uchinchi makon" hosil qilishi jarayonini o‘rganishda muhim nazariy vosita bo‘lib xizmat qiladi.Ushbu tadqiqotning ahamiyati shundaki, uzoq yillar davomida qo‘llanilgan multikulturalizm (madaniyatlarning paralelligi, lekin alohida yashashi) va interkulturalizm (madaniyatlararo muloqot) tushunchalari bugungi kunning murakkab transmilliy aloqalarini to‘liq tushuntirib bera olmayapti. Volfgang Velsh va Fernando Ortiz kabi olimlar ta’kidlaganidek, madaniyatlar endi xuddi orollardek ajralgan emas , balki tarmoqlangan va aniq tizimga aylangan.( Welsch,W.1999).Tadqiqotning maqsadi — transmadaniylik konsepsiyasining nazariy kelib chiqishini tahlil qilish va uning tarixiy-mantiqiy shakllanish bosqichlarini aniqlashdan iborat. Shuningdek, ishda ushbu transformatsiyaning insonning dunyoqarashi va ijtimoiy munosabatlariga ta’siri yoritiladi. Tadqiqot obyekti sifatida madaniy integratsiya modellari olingan bo‘lsa, predmeti sifatida transmadaniy o‘zlikning shakllanish mexanizmlari belgilanadi.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
