
Mazkur maqolada Janubiy Koreyaning eksportga yo‘naltirilgan sanoatlashtirish strategiyasi va uning iqtisodiy o‘sishga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqotda 1960-yillardan hozirgi kungacha bo‘lgan davrda mamlakatning iqtisodiy rivojlanish bosqichlari, sanoat transformatsiyasi va tashqi savdo dinamikasi o‘rganilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan eksport strategiyasi barqaror iqtisodiy o‘sish va yuqori texnologiyali sanoat shakllanishida muhim rol o‘ynagan.
