
Ushbu maqolaning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida investitsiya siyosatining mazmun-mohiyati, uning shakllanishi va rivojlanish bosqichlari hamda milliy iqtisodiyotga ta’sirini tahlil qilishdan iborat. Tadqiqotda asosiy e’tibor to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning (TTXI) iqtisodiy o‘sishdagi o‘rni, ularning dinamikasi va tarkibiy xususiyatlarini o‘rganishga qaratilgan. Statistik ma’lumotlar asosida asosiy kapitalga investitsiyalar hajmining o‘sish tendensiyalari, xorijiy investitsiyalar ulushining ortishi va investitsiya muhitining liberallashuvi natijalari tahlil etilgan. Shuningdek, TTXIning iqtisodiyotga ta’sirini baholash mezonlari, jumladan, YaIMga nisbati, eksportdagi ulushi, kapital unumdorligi va yangi ish o‘rinlari yaratishdagi ahamiyati asoslab berilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, investitsiya siyosatini takomillashtirish va sifatli xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining muhim omili ekanligi aniqlangan.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
