
Mazkur maqolada qisqa masofaga yuguruvchi yengil atletikachilarning musobaqalarga tayyorgarlik darajasini aniqlashning ilmiy-metodik asoslari tadqiq etilgan. Tadqiqot jarayonida sportchilarning jismoniy, texnik va funksional tayyorgarlik ko‘rsatkichlari kompleks yondashuv asosida baholandi. Olingan natijalar sprinterlarning musobaqa samaradorligi ko‘p omilli xarakterga ega ekanini ko‘rsatib, tayyorgarlik darajasini aniqlashda integrallashgan baholash tizimidan foydalanish zarurligini asoslab berdi.
