
Ushbu maqolada hind falsafasida o‘z-o‘zini anglash shakllarining mohiyati, ularningo‘zaro nisbati va konfiguratsiyasi tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida o‘zliktushunchasining empirik, psixologik va transsendent darajalari ajratib ko‘rsatilib,ularning turli falsafiy maktablarda talqin qilinishi o‘rganiladi. Xususan, AdvaitaVedanta, Sankhya, Yoga va Buddhism doirasida o‘z-o‘zini anglashning ontologik vagnoseologik jihatlari yoritiladi. Maqolada mazkur yondashuvlarning o‘ziga xosxususiyatlari qiyosiy tahlil qilinib, ularning zamonaviy ong falsafasi bilan aloqadorjihatlari ochib beriladi. Tadqiqot natijasida o‘z-o‘zini anglashning turli modellari yagonatizim doirasida tushuntirilishi mumkinligi asoslanadi.
