
Ushbu tezisda mintaqaviy infratuzilmaning iqtisodiy o‘sishga ta’siri, uning hududiy rivojlanishdagi o‘rni hamda infratuzilma va iqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekiston misolida infratuzilma loyihalarining iqtisodiy samaradorligi va ularning hududlararo tafovutlarni kamaytirishdagi roli yoritilgan.
