Powered by OpenAIRE graph
Found an issue? Give us feedback
image/svg+xml art designer at PLoS, modified by Wikipedia users Nina, Beao, JakobVoss, and AnonMoos Open Access logo, converted into svg, designed by PLoS. This version with transparent background. http://commons.wikimedia.org/wiki/File:Open_Access_logo_PLoS_white.svg art designer at PLoS, modified by Wikipedia users Nina, Beao, JakobVoss, and AnonMoos http://www.plos.org/ ZENODOarrow_drop_down
image/svg+xml art designer at PLoS, modified by Wikipedia users Nina, Beao, JakobVoss, and AnonMoos Open Access logo, converted into svg, designed by PLoS. This version with transparent background. http://commons.wikimedia.org/wiki/File:Open_Access_logo_PLoS_white.svg art designer at PLoS, modified by Wikipedia users Nina, Beao, JakobVoss, and AnonMoos http://www.plos.org/
ZENODO
Conference object
Data sources: ZENODO
addClaim

PUL OQIMLAR MOHIYATI VA BOSHQARISHDAGI O'RNI

Authors: Xoliqulov Anvar Nematovich;

PUL OQIMLAR MOHIYATI VA BOSHQARISHDAGI O'RNI

Abstract

Iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiya qilish sharoitida iqtisodiyot tarmoqlarida ko‘p ukladli iqtisodiyot negizlarini yaratish muhim masala hisoblanadi. Hozirgi davrda dunyo mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti o‘zining ma’no-mazmuni jihatidan oldingi bosqichlardan keskin farq qiladi. Bunda eng asosiy va muhim jihat – milliy iqtisodiyotlarning tobora integratsiyalashuvi va globallashuvining kuchayib borishidir. Ayni paytda bu jarayonlar xalqaro maydondagi raqobatning ham keskinlashuviga, har bir mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi o‘z mavqeyini mustahkamlash uchun kurashining kuchayishiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Biroq o‘z o‘rnida ta’kidlash lozimki, jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuv va globallashuvning ijobiy tomonlari bilan bir qatorda ma’lum ziddiyatli jihatlari ham mavjud. Jumladan, turli mamlakatlardagi iqtisodiy rivojlanishning bir tekisda bormasligi, dunyo mamlakatlari o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jihatidan tafovutning, ekologik tahdidlarning kuchayib borishi, turli mamlakatlarda aholi soni o‘zgarishining keskin farqlanishi kabi holatlar jahon xo‘jaligining yaxlit tizim sifatida barqaror rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Shuningdek, mazkur jarayonlarning yana bir xususiyatli jihati – jahonning bir mamlakatida ro‘y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy larzalarning muqarrar ravishda boshqa mamlakatlarga ham o‘z ta’sirini o‘tkazishi hisoblanadi. Mamlakatimizda ijtimoiy yo‘naltirilgan barqaror iqtisodiyotni amalga oshirish borasidagi keng ko‘lamli islohotlar bugungi kunda, ayniqsa, hozirda hukm surayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida, o‘zining natijalari bilan naqadar samarali va to‘g‘ri ekanligi o‘z tasdig‘ini topmoqda. Xususan, qisqa muddat ichida iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgarishlar amalga oshirildi, aholi daromadlarining o‘sishi ta’minlandi, samarali tashqi savdo hamda investitsiya jarayonlari kuchaydi, qishloq xo‘jaligi isloh qilindi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi barqaror rivojlantirilmoqda, moliya-bank tizimi mustahkamlandi va hokazo. Bularning barchasi O‘zbekistonning jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga qarshi turishining asosiy omillari sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Powered by OpenAIRE graph
Found an issue? Give us feedback