
Mazkur maqolada milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish masalasi keng tahlil qilingan. Unda globallashuv sharoitida yuzaga kelayotgan ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy, xavfsizlik va sog‘liqni saqlash sohalaridagi global muammolar va ularning mohiyati ochib berilgan. Shuningdek, milliy manfaat tushunchasining nazariy asoslari, uning turlari va zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimidagi o‘rni yoritilgan. Maqolada davlatlarning global muammolarni hal etishda milliy manfaatlardan kelib chiqib harakat qilishi, shu bilan birga xalqaro hamkorlikni rivojlantirish zarurligi asoslab berilgan.
