
Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasining ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash borasidagi tajribasi tahlil qilinadi. Tadqiqotda mamlakatda olib borilayotgan huquqiy, tashkiliy va profilaktik chora-tadbirlar, xususan, diniy bagʻrikenglikni mustahkamlash, yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish hamda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sogʻlomlashtirishga qaratilgan siyosat yoritiladi. Shuningdek, ekstremizmning oldini olishda ta'lim tizimi, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati institutlarining oʻrni ham keng ochib beriladi.
