
Mazkur maqolada oʻzbek, turk va fransuz tillarida qoʻshma sonlarning qiyosiy-tipologik tahlili amalga oshirilgan. Tadqiqotda qoʻshma sonlarning struktur modellari, morfologik xususiyatlari, semantik munosabatlari va orfografik tamoyillari oʻrganildi. Turkiy tillarda qoʻshma sonlar chiziqli analitik model asosida shakllanishi, fransuz tilida esa derivatsion-analitik va qisman multiplikativ tizim mavjudligi aniqlandi. Shuningdek, qoʻshma sonlarning universal va milliy xususiyatlari hamda ularning kognitiv-lingvistik tabiati ochib berildi.
