
Ushbu ilmiy ishda terminshunoslikda tibbiyot terminlari, asosan otorinolaringologiya sohasidagi terminlarning paydo bo‘lishi, LOR sohasining alohida fan sifatida shakllanishi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Bugungi kungacha tibbiyot leksikasining tarkibiy leksik qatlami hisoblangan otorinolaringologiya (LOR) terminlari masalalariga oid amalga oshirilgan ishlar nisbatan kamchilikni tashkil etsa-da, umumiy tibbiyot leksikasi bilan bog‘liq bir qator tadqiqotlar bajarilganini urg‘ulash maqsadga muvofiq.
