
Ushbu maqolada axborot-kommunikatsiya tizimlarida fishing hujumlarini aniqlash uchun URL, elektron xabar matni, foydalanuvchi xatti-harakati va lokal domen belgilarini birlashtirgan gibrid model tahlil qilinadi. Tadqiqot fishingni faqat soxta havola emas, balki til, psixologiya va tarmoqdagi anomal holatlar bilan bog'liq ko'p qatlamli kiberxavfsizlik muammosi sifatida ko'rsatadi. An'anaviy ML, chuqur o'rganish, CNN+BI-LSTM, stacking va XAI usullari qiyoslandi. Natijalar ko'p manbali model generativ AI, smishing va nol kunlik domenlarga qarshi samaraliroq ekanini ko'rsatdi.
