
Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida “Odam anatomiyasi va fiziologiyasi” fanini o‘qitish jarayonidamuammoli ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning nazariy va amaliy asoslari tadqiq etiladi. Maqolaning asosiy maqsadi- an’anaviy o‘qitish uslublaridan voz kechgan holda, talabalarda mustaqil fikrlash, tahlil qilish va murakkab biologikjarayonlarga ijodiy yondashish ko‘nikmalarini shakllantirish yo‘llarini ko‘rsatib berishdir. Tadqiqot davomida muammolivaziyatlarni yaratish, evristik suhbatlar va keys-stadi metodlarining talabalarning kognitiv faolligiga ta’siri tahlil qilingan.Natijalar shuni ko‘rsatadiki, muammoli yondashuv nafaqat nazariy bilimlarni mustahkamlaydi, balki talabalarning kasbiy-ijodiy salohiyatini va izlanuvchanlik qobiliyatini sezilarli darajada oshiradi
