
Mazkur maqolada o‘zbek mumtoz adabiyoti hamda zamonaviy she’riyatida devon tuzish an’analari, ularning shakllanishi, qat’iy me’yorlari va tarixiy taraqqiyot jarayonida yuzaga kelgan yangilanishlar ilmiy jihatdan tahlil etiladi. Tadqiqot doirasida devonchilikning asosiy tamoyillari — debocha yozish an’anasi, janrlar tartibi (xususan, qasida va g‘azalning joylashuvi), asarlarni alifbo tartibida berish hamda devonni fard janri bilan yakunlash kabi mezonlar Alisher Navoiy va Ahmad Tabibiy ijodi misolida qiyosiy o‘rganiladi.
