
Mazkur tezisda affektiv rivojlanish jarayonining shaxs kamolotidagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Affektiv rivojlanish insonning hissiy holati, emotsional barqarorligi, ijtimoiy munosabatlarga kirishuvchanligi hamda o‘z his-tuyg‘ularini anglash va boshqarish qobiliyatining shakllanish jarayoni sifatida tahlil etiladi. Shuningdek, bolalik va o‘smirlik davrida affektiv rivojlanishga ta’sir etuvchi omillar, jumladan, oila, ta’lim muhiti, ijtimoiy munosabatlar va pedagogik yondashuvlarning roli ilmiy-nazariy jihatdan asoslanadi. Tadqiqotda affektiv rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash orqali shaxsning psixologik barqarorligi, ijtimoiy moslashuvi va barkamol rivojlanishini ta’minlash mumkinligi ta’kidlanadi
