
Mazkur maqolada zamonaviy yoshlar ongida sevgi tushunchasining ijtimoiy-psixologik talqini ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda sevgi fenomenining yoshlar shaxsiyati shakllanishidagi o‘rni, uning emotsional, ijtimoiy va qadriyatlar tizimi bilan bog‘liqligi yoritiladi. Shuningdek, globallashuv jarayonlari, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar sevgi haqidagi tasavvurlariga ko‘rsatayotgan ta’siri psixologik nuqtai nazardan tahlil etiladi.
