
Mazkur maqolada yoshlar tadbirkorligini rag‘batlantirishning mavjud mexanizmlari, ularning iqtisodiy mazmuni hamda amaliy samaradorligi tahlil qilingan. Xususan, yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etishda davlat tomonidan yaratilayotgan institutsional, moliyaviy va tashkiliy qo‘llab-quvvatlash vositalari o‘rganilgan. Kreditlash, subsidiyalar, imtiyozli soliq tizimi, biznes inkubatorlar, startap loyihalarni moliyalashtirish hamda kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish dasturlarining yoshlar bandligini ta’minlash va ularning iqtisodiy faolligini oshirishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, mavjud mexanizmlarning samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari yoshlar tadbirkorligini yanada rivojlantirish, ularning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.
