
Mazkur tezis oliy ta'lim muassasalarida fanlarning metodik ta'minoti hamda talabalar davomatini nazorat qilish jarayonlarini yagona raqamli muhitda boshqarish zaruratini asoslaydi. Tadqiqotda online dekanat tizimi "ma'lumot oqimi → monitoring → tahlil →pedagogik chora → qayta monitoring" sikliga tayangan holda pedagogik boshqaruvni optimallashtiruvchi integratsion platforma sifatida talqin qilinadi. Mavjud raqamli yechimlar (HEMIS, Moodle) tajribasi tahlil qilinib, dekanat darajasida metodik resurslar, davomat, tahliliy hisobotlar va rollar bo'yicha javobgarlik zanjirini kompleks yuritish bo'yicha funksional bo'shliqlar aniqlanadi. Shu asosda online dekanatning konsepsiyasi, talablar iyerarxiyasi (strategik–tashkiliy–funksional–texnologik), rollar va huquqlar modeli (RBAC), audit-log, markazlashgan metodik baza va konsolidatsiyalangan hisobotlar mexanizmlari asoslab beriladi. Natijada tizim dekanat faoliyatida shaffoflik, aniqlik, tezkorlik va dalillarga asoslangan qaror qabul qilishni kuchaytirishi, o'qituvchi va talaba o'rtasida metodik axborot almashinuvini tartibga solishi hamda davomat intizomini tarbiyaviy jihatdan qo'llab-quvvatlashi ko'rsatib beriladi. Original journal page: https://cajii.com/index.php/cajii/article/view/6
Archived automatically from OJS.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
