
Mazkur maqolada atom fizikasi fanida kvant sonlari tushunchasini o‘rganishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan, xususan Pydroid 3 ilovasidan foydalanish metodikasi yoritilgan. Kvant sonlarining fizik mazmuni, ularning atom tuzilishidagi o‘rni hamda elektronlarning energetik holatlarini tavsiflashdagi ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, Python dasturlash tili asosida yaratilgan dasturiy modellar yordamida bosh kvant soni, orbital kvant soni, magnit kvant soni va spin kvant sonlarini vizual va hisoblash orqali tushuntirish usullari ko‘rsatib berilgan. Maqolada talabalar uchun interaktiv muhit yaratish, abstrakt fizik tushunchalarni aniq modellashtirish orqali o‘zlashtirish darajasini oshirish imkoniyatlari muhokama etilgan. O‘qitish jarayonida raqamli texnologiyalarni qo‘llashning afzalliklari, xususan, mustaqil ta’limni rivojlantirish, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va algoritmik fikrlashni rivojlantirishdagi roli asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari atom fizikasi fanini o‘qitishda innovatsion yondashuvlardan foydalanish samaradorligini ko‘rsatadi.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
