
Maqolada fransuz maqollari misolida “hayot” konsepti kognitiv-semantik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda hayot konsepti uch makrokonsept: hayot, inson va faoliyat asosida tasniflanib, ular tarkibidagi mikrokonseptlar (vaqt, jarayon, tajriba, kurash, qadriyat, iroda, sabr va boshqalar) aniqlanadi. Fransuz paremiologik materiali hayotning mazmuni, murakkabligi va qadriyat sifatidagi talqinlarini namoyon etadi.
