
Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda raqamli pedagogik materillar yordamida diqqat va tafakkurni rivojlantirish masalalari tahlil etilgan. Shuningdek, raqamli muhitda tashkil etilgan mashg‘ulotlarning psixologik-pedagogik xususiyatlari, ularning yoshga mosligi va individual yondashuvni ta’minlashdagi ahamiyati ochib beriladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, maqsadli va metodik jihatdan to‘g‘ri tanlangan raqamli materiallar bolalarning bilish faolligini oshirib, tafakkur operatsiyalarini chuqurlashtiradi hamda diqqatning barqarorligini ta’minlaydi.
