
Sanoat korxonalarida elektr energiyasini uzatish va taqsimlash jarayonida yuzaga keladigan energiya isroflarini baholash va tahlil qilish dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Maqolada kon-metallurgiya kombinatining 6–10 kV taqsimlovchi tarmoqlarida elektr energiyasi isroflarini baholash uchun turli sunʻiy neyron tarmoqlarga asoslangan modellar taklif etiladi.
