
Iste'mol, jamgʻarma va investitsiyalar har qanday iqtisodiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchlari hisoblanadi. Ushbu maqola mazkur tushunchalarning oʻzaro bogʻliqligini, ularning iqtisodiy oʻsish va barqarorlikka ta'sirini tahlil qiladi. Tadqiqot iste'mol xatti-harakatlari, jamgʻarma mezonlari va investitsiya qarorlarining makroiqtisodiy koʻrsatkichlarga ta'sirini oʻrganadi. Natijalar milliy iqtisodiyotda samarali siyosatni ishlab chiqish uchun muhim xulosalarni taqdim etadi.
