
Mazkur maqolada bolajak o‘qituvchilarning ijtimoiy-pedagogik kompetentligini rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari, uning tarkibiy tuzilmasi va shakllantirish texnologiyalari kompleks tarzda tahlil etiladi. Shuningdek, zamonaviy ta’lim muhitida ijtimoiylashuv jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari, kommunikativ va emotsional-intellektual ko‘nikmalarni rivojlantirish mexanizmlari ilmiy jihatdan asoslab beriladi.
