
Mazkur maqolada taom nomlari orqali milliy mentalitet va ijtimoiy qadriyatlarning lingvokulturologik ifodalanishi masalasi tahlil qilinadi. Tadqiqot lingvokulturologik va semantik yondashuvlar asosida olib borilib, taom nomlari milliy madaniyat, tarixiy xotira va ijtimoiy munosabatlarni aks ettiruvchi muhim lingvokulturologik birliklar sifatida qaraladi. Maqolada o‘zbek milliy taom nomlarining semantik va madaniy qatlamlari ochib berilib, ularning xalq mentaliteti va ijtimoiy qadriyatlar tizimidagi o‘rni aniqlanadi. Tahlil jarayonida “OVQAT”, “MEHMONDO‘ST LIK”, “BARAKA”, “JAMOA” va “MAROSIM” kabi asosiy madaniy konseptlar asosiy tahlil mezonlari sifatida belgilandi. Tadqiqot natijalari taom nomlari nafaqat nominativ birliklar, balki milliy mentalitetni modellashtiruvchi semantik va madaniy kodlar tizimi ekanligini ko‘rsatadi. Ushbu ish natijalari lingvokulturologiya, madaniyatshunoslik va sotsiolingvistika sohalarida ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
