
Maqolada dehqon xo‘jaliklarini kredit bilan ta’minlash jarayonidagi mavjud muammolar, differensiyallashtirilgankreditlash mexanizmining iqtisodiy zarurati va samaradorligi ilmiy asoslangan. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sektoridadehqon xo‘jaliklari ulushi, ularning moliyaviy ehtiyojlariga mos kredit limitlarini belgilash tamoyillari, risklarni boshqarish,garov talablari va foiz stavkalari bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqot yakunida dehqon xo‘jaliklari uchun uchpog‘onali differensiyallashtirilgan kredit modeli taklif etiladi
