
Mazkur ilmiy maqolada turistik korxonalar faoliyatida innovatsion jarayonlarni rivojlantirishda moliyaviyaktivlarning o‘rni va ahamiyati kompleks tarzda tadqiq etilgan. Xususan, moliyaviy resurslar, investitsiyalar, kreditlarhamda boshqa moliyaviy instrumentlarning turizm sohasida innovatsiyalarni joriy etishdagi roli tizimli tahlil qilingan.Tadqiqot natijalariga ko‘ra, turistik korxonalarning innovatsion salohiyatini oshirishda samarali moliyaviy boshqaruvmexanizmlarining muhimligi aniqlangan. Shuningdek, zamonaviy iqtisodiy sharoitda turizm sektorining barqaror vainnovatsion rivojlanishini ta’minlash uchun moliyaviy aktivlardan oqilona va samarali foydalanish zarurligi asoslabberilgan. Maqola yakunida turistik korxonalar innovatsion faoliyatini rag‘batlantirishga qaratilgan ilmiy-amaliy takliflarishlab chiqilgan.
