
Mazkur ilmiy maqolada O‘zbekiston bank sektorida amalga oshirilayotgan raqamli transformatsiya jarayonlari, ularning iqtisodiy samaradorlikka ta’siri, mavjud muammolar hamda rivojlanish istiqbollari kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqotda tijorat banklarida raqamli texnologiyalarni joriy etish, mobil va internet banking xizmatlarini kengaytirish, sun’iy intellekt, Big Data, blockchain texnologiyalaridan foydalanish darajasi hamda fintech kompaniyalar bilan hamkorlik masalalari o‘rganilgan. Shuningdek, bank sektorida raqamli transformatsiya jarayonida yuzaga kelayotgan asosiy muammolar, jumladan, texnologik infratuzilmaning yetarli darajada rivojlanmaganligi, kiberxavfsizlik bilan bog‘liq xavflar, malakali IT mutaxassislarning yetishmasligi hamda aholining moliyaviy savodxonligi darajasining pastligi tahlil qilingan. Tadqiqot davomida O‘zbekiston bank tizimining so‘nggi yillardagi raqamlashtirish ko‘rsatkichlari statistik ma’lumotlar asosida baholanib, raqamli transformatsiyaning bank xizmatlari sifatini oshirish, operatsion xarajatlarni kamaytirish va mijozlar bazasini kengaytirishdagi ijobiy ta’siri asoslab berilgan.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
