
Ushbu maqolada UNESCOning madaniy merosni muhofaza qilishdagi o‘rni, uning asosiy yo‘nalishlari hamda O‘zbekistonning Jahon merosi ro‘yxatidagi moddiy va nomoddiy obyektlari tahlil qilingan. Shuningdek, meros obyektlarini ro‘yxatga kiritish mezonlari, ularni asrash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va davlat siyosati yoritilgan. O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy salohiyati hamda turizmni rivojlantirishdagi ahamiyati ochib berilgan.
