
Mazkur maqolada O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasida oila konseptining badiiy talqini tahlil etiladi. Asarda oilaviy munosabatlar tizimi, ota-ona va farzand o‘rtasidagi aloqalar, mehr-muhabbat, fidoyilik, sabr-toqat kabi umuminsoniy qadriyatlarning ifodalanishi yoritiladi. Shuningdek, o‘zbek oilasining ma’naviy-axloqiy qiyofasi yozuvchi tomonidan qanday badiiy vositalar orqali ochib berilgani ilmiy asosda tahlil qilinadi.
