
Ushbu maqolada IPO (Initial Public Offering) jarayonining iqtisodiy mohiyati korporativ moliya va institutsionaliqtisodiyot konsepsiyalari asosida tahlil qilinadi. Maqolada, iqtisodiy tahlil hamda nazariy‑qiyosiy yondashuvga tayanganholda IPOning aksiyadorlik jamiyatlari (AJ) rivojlanishidagi o‘rni, kapital jalb etish imkoniyatlari, korporativ boshqaruvtransformatsiyasi va bozor institutlari bilan o‘zaro bog‘liqligi yoritiladi. Asosiy e’tibor IPOning iqtisodiy mexanizmlari,rag‘batlar tizimi, agentlik muammolari, axborot asimmetriyasi va “sertifikatsiya” kabi nazariy konstruktsiyalar orqaliamaliy xulosalar chiqarishga qaratiladi. Xalqaro tajriba sifatida oshkoralik‑asosli (oshkoralik va prospekt) tizimlar, tartibgasolishning institutsional farqlari hamda rivojlangan va rivojlanayotgan bozorlarda IPOning korporativ funksiyalari qiyosiytahlil qilinadi.
