
Mazkur maqolada O‘zbekistonda innovatsion faoliyatning shakllanishi, rivojlanish bosqichlari hamdainstitutsional-huquqiy asoslari tizimli ravishda tahlil qilinadi. Tadqiqotda innovatsiya tushunchasining nazariy asoslari,uning turlari (texnologik, marketing, tashkiliy innovatsiyalar) va iqtisodiyot tarmoqlaridagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek,mamlakatda innovatsion infratuzilmaning shakllanish evolyutsiyasi, davlat siyosati, strategiyalar va xalqaro moliyaviyinstitutlar ishtiroki asosida innovatsion rivojlanish mexanizmlari o‘rganilgan. Tadqiqot natijasida innovatsion faoliyatninghududiy iqtisodiy o‘sishga ta’sirini kuchaytirishda infratuzilma, institutsional mexanizmlar va davlat qo‘llab-quvvatlashchoralarining muhimligi asoslab berilgan.
