
Ushbu maqolada Alisher Navoiyning "Nasoyimul muhabbat" asarida keltirilgan oriflik tushunchasi qanday talqin etilishga guvoh bo‘lamiz. Yana asarda nomlari zikr etilgan sufiylar oriflikka o‘z qarashlarini, talqinlarini aytib o‘tganligi tahlil qilinadi. Shuningdek, oriflar va ularning turlari, Alisher Navoiyning talqini bo‘yicha avliyo zotlarning tabaqalari hamda toifalari va ularning o‘ziga xos jihatlari tadqiq etilgan.
